ZANGIOTA TUMAN 1-SON TEXNIKUMI
ZANGIOTA TUMAN 1-SON TEXNIKUMI
Aloqa uchun +99871 502 51 35
Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding baxor, hush ko’rdik navroz.
Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding baxor, xush ko’rdik navro’z.
Hademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga hushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab.
Yuvib dillardagi qishning g‘uborin.
Chakkasiga gul taqib,
Kirib keldi Navro’zim.
Daraxtlarga dur taqib,
Kulib keldi Navro’zim.
Dala dashtda maysalar,
Salom alik aytsalar.
Qanday go’zal ko’rinish,
Yashillikka cho’milish.
Doshqozonda sumalak,
Boychechaklar xush darak.
Qizg’aldoq cho’g’day gilam,
Sevinchdan ko’zlarda nam.
Turfa gullar ochilib, ifor taratib,
Mayin esgan shabbodang dilni yayratib,
Erta tong qushlarni qiy chuv sayratib,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Chuchmomayu, moychechak yerga yoyilsin,
Ariqlaring anxoring suvga to’yinsin,
Keksa momolarim dildan suyunsin,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Bodomlar, o’riklar qiyg’os gullasin,
Varraklar bulutlar bir bir quvlasin,
Sumalaklar ostida olov uvlasin,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Daladagi dexqonim kutgan o’zingsan,
Qorli cho’qqilardan o’tgan o’zingsan,
Ko’nglimga baytlarni bitgan o’zingsan,
Kelaqol navro’zim sog’indik sen
Bahoringa biram yarashgan
Har insonga mehr ulashgan.
Sumalakka,halimga shoshgan
Navro’zingdan aylanay sening!
Gullolalar tizilgan marjon
Omonlikka yetsinda har jon.
Yuraklarda ajib hayajon
Navro’zingdan aylanay sening!
Zilol suvga to’lar ariqlar
Xush ifordan mastku borliqlar.
Qolib ketar ko’ngil og’riqlar
Navro’zingdan aylanay sening!
Sevaralar va Go’zaloylar
Ko’rinishar ochib chiroylar.
Maftunalar bayramni poylar
Navro’zingdan aylanay sening!
Iymoni but Imonaxonlar
Kutdi seni qumsab bahorlar.
Chechak ochdi so’lim naxorlar
Navro’zingdan aylanay sening!
Xush kelibsan yurtimga ko’klam
Olib kelding shodlikni to’plam.
Senla qarindoshlar jamuljam
Navro’zingdan aylanay sening!
Qadimiy bayramdir,ko’hna an’ana,
Yurtimda boshlanar to’yu-tantana.
Bir-birin qutlashar do’stlar do’stona,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Qaldirg’och qanotda baraka olib,
Olamni yashatib,yurtni yashnatib,
Yurakni yangilab ,dilga qo’r solib,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Ona yer taftidan g’uncha gul ochar,
Gullar qo’shiq kuylab hidlarin sochar,
Yaproq chapak chalgach,bolari qochar,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Bahorga o’xshagan suluv kelinchak,
Dala-qirlaringdan terar gul-chechak,
Go’zal tilak aytib kavlar sumalak,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Zumrad bahor iliq nafasin olgan,
Gulu-lolalarga poyondoz solgan,
Ko’ngilni yashnatib biz bilan qolgan,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
2006 yilda muzey o'zining 10 yilligini nishonladi, uning sharafiga "Temuriylar tarixi davlat muzeyiga 10 yil" ko'rgazmasi ochildi. Muzey maʼmuriyatidan maʼlum qilishlaricha, oʻn yil davomida bu yerda turli mavzularda oʻttizga yaqin koʻrgazma tashkil etilgan, noyob muzey eksponatlari Fransiya, AQSh, Germaniya, Avstriya kabi davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etilgan. Tashkil etilganidan buyon muzeyga 1,5 milliondan ortiq kishi va 400 ta rasmiy delegatsiya tashrif buyurgan.
Yordamchi fond 2000 dan ortiq ob'ektdan iborat. Bular kitoblar, bukletlar, turli sovgʻalar, kataloglar, suvenirlar, Gur-Amir maqbarasidan olingan buyumlar, Bibixonim masjidi, Oq-saroy saroyi, Gur-Amir maqbarasi, Ulugʻbek madrasasi kabi meʼmoriy obidalarning maketlari va boshqalar. Muzey ekspozitsiyasida ilm-fan, madaniyat rivoji, diplomatik aloqalar o‘rnatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan buyumlar alohida o‘rin tutadi. Bular o‘rta asr qo‘lyozmalari, maktublarning fotonusxalari, ilmiy risolalar, Amir Temur va uning davriga oid nashrlar, shuningdek, Ulug‘bek yulduzli globusining maketidir.
Muzey oʻzining ilk kunlaridanoq ilmiy fikr va maʼrifiy ishlar markaziga aylandi. Muzey eksponatlari juda katta tarixiy ahamiyatga ega. Bular zargarlik buyumlari, qurol-yarog'lar, harbiy boshliqlar va oddiy askarlarning kiyimlari, cholg'u asboblari, Ulug'bekning astronomik asboblari va boshqa ko'plab madaniy qadriyatlardir.
1996 yilda bir guruh o‘zbek rassomlari tomonidan yaratilgan “Buyuk Temur – buyuk ijodkor” miniatyura uslubidagi katta panno ham muzeyga tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi. Suratda Amir Temurning tug‘ilishidan to vafotigacha bo‘lgan hayoti aks ettirilgan. Bu yerda uning "Sohibqiron" ismining "baxtli yulduz ostida tug'ilgan" deb tarjima qilinganligini anglatuvchi yulduz yulduzi tasvirlangan. Shuningdek, bu qismda baxt va erkinlik timsoli bo‘lgan muqaddas Humo qushi, chaqaloq tug‘ilishi va uning yuksak parvozlarini ifodalovchi lochin qushi kabi ramzlar ham bor.
Mazkur Nizomni o’qigan kishining ko’z oldida bolalarning yoshiga moslab taxlangan o’zbek va jahon adabiyoti durdonalarini, fanga doir ilmiy risolalar, qolaversa, davriy nashrlarni o’zida jamlagan, elektron fondga ega, tashqi shovqindan himoyalangan shinamgina xona gavdalanishi turgan gap. Aslida bugungi davr talabi ham shu. Xo’sh, bizning maktab kutubxonalarimiz bu talablarga nechog’lik mos keladi?
Maktab kutubxonalari axborot va bilimga tobora ko‘proq asoslanib borayotgan zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun fundamental ahamiyat kasb etuvchi maʼlumot va g‘oyalarni taqdim etadi. Maktab kutubxonalari o‘quvchilarni umrbod taʼlim olish ko‘nikmalari bilan qurollantiradi, ularning tasavvurlarini rivojlantiradi va bolalarning masʼuliyatli fuqaro bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashadi.
foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish… Kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o’qitish; homiy tashkilotlar, turli tashkilotlar va muassasalar, ayrim fuqarolarning yordamlari hisobidan kutubxona fondini to’ldirib borish”. Qolaversa, “Elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi”.
2024-2025 O'quv yiliga qabul jarayonlarini tashkil etish bo'yicha ochiq eshiklar kuni bo'lgan
Yo'l harakati qoidalariga amal qilish bo'yicha tumandagi proflatika inspektorlari kelib yo'l harakati bo'yicha davra suhbatlari o'tqazildi
Tumandagi maktablar o'rtasida QVZ bo'yicha 3-o'rinni faxrliy egallashdi
Zangiota tuman politexnikumida darsdan bo'sh vaqtlarida 5 tashabbusning 3-darajasini rivojlantirish maqsadida stol tennisi, futbol, voleybol tashkillashtirilgan
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i tashkil topgan kun munosabati bilan o'quvchilar o'rtasida rasmlar tanlovi e'lon qilindi
Joriy yilnung 24-avgust kuni Viloyat hokimining 20- avgustdagi 340- sonli Farmoyishiga asosan Zangiota tuman politexnikumida umumxalq xashari o‘tkazildi.
📚 2024-yil 26- avgust kuni Zangiota tuman politexnikumida "BIR BO‘LSAK- YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK VATANMIZ'' shiori ostida Toshkent viloyati professional ta'lim muassasalarining " Ijtimoiy gumanitar fanlar" o‘qituvchilari uchun Avgust kengashi 1- sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📚 Shoba yig‘ilishini Toshkent viloyari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining Ta'lim jarayonini tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassisi O‘ Meliqilov ishtirok etib sho‘ba qatnashchilarini yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yiligi hamda yangi 2024-2025 o‘quv yili bilan muborakbod etdi.
📚 Avgust kengashi 1- sho‘ba qatnashchilari kengashdan ta'lim jarayonidagi yangiliklar bilan tanishishdi. SHo‘ba qatnashchilari ta'lim jarayonida dars o‘tishda qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlari bilan ham fikir almashdilar. 📚
📚 Avgust kengashining 1-sho‘ba yig‘ilishi namunali o‘tkazildi. 📚
Zangiota tuman politexnikumi
Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, Birlashsak-Vatanmiz"
2024yil 4- sentabr kuni Zangiota tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Bir bo‘lsak xalqmiz, Birlashsak Vatanmiz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
🇸🇱 Tadbirdan so‘ng barcha o‘quvchilar o‘quv yilini Mustaqillik darslari bilan boshladila
Zangiota_tumani
maʼrifat
"Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!".
🔰RMMM Zangiota tumani bo‘linmasi tomonidan politexnikumida "Najot - ta'limda, najot- tarbiyada, najot - bilimda!" deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.
🔰Ushbu tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan inson hayotida ta'lim-tarbiyaning, bilim olish va kasb-hunar egallashning ahamiyati juda katta ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
🔰Farzandlarini tengdoshlariga namuna bo‘ladigan qilib tarbiyalayotgan bir guruh ota-onalar e'tirof etilib, ular bo‘linma tomonidan Faxriy Yorliq va kitoblar bilan taqdirlandilar.
♻️Tadbir yakunida ota-onalar va o‘quvchilar uchun kinokarvon loyihasi doirasida "Abdulla Oripov" nomli badiiy film namoyish etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “YAshil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhit obʻektlarini
Joriy yilning 09.11.2024 kuni Zangiota tumani politexnikumida "Yong‘in xavfsizligi oyligi munosabati bilan tuman yongin xavfsizligi boshqarmasi mutaxasisi xamda tuman FVV mutaxasislari bilan birgalikda ta’lim muassasasi o‘kuvchilariga yong‘in xavfsizligi va axolini zilzila paytida xavfsizlik choralarini ko‘rish to‘g‘risida" yig‘ilish o‘tkazildi
Zangiota tuman politexnikumida navbatdagi "Ma’rifat soati" soati bo‘lib o‘tdi
2024 yil 20 noyabr kuni Zangiota tuman politexnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktyabrdagi PF 158-son Farmoni ijrosini tashkil etish va ta’minlash maqsadida KXM raxbar va pedagog xodimlariga yetkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Zangiota tuman politexnikumi Joriy yilning 22-noyabr kunida, 2024-yil 5-iyunida tasdiqlangan "Kinomotografiya soxasini yanada rivojlantirish xamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ -209 son qarorinig 15-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida o‘quvchi yoshlarga "ILHAQ" nomli o‘zbek filmi namoish etib berildi
Joriy yilning 14-yanvar kuni Zangiota politexnikumida 14- yanvar - "Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda politexnikum o‘qituvchilari, talabalari hamda mehmon sifatida taklif etilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Dastur davomida texnikum talabalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar hamda jangovor xarbiy chiqishlar bilan ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida tadbirda faol ishtirok etgan talabalar texnikum rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxon onalar kuni
Kitobxonlik soati
Ota-onalar farzandlari uchun ertaklar aytib berib, vatanparvarlik ruhidagi doston, maqol va masallarni o‘qib berish orqali bolaning ongini o‘stirish bilan bir qatorda, uni kitobxonlikka tayyorlab boradilar. Bu esa bevosita onalarimiz kitobxon bo‘lishi lozimligini ham anglatadi. Oilada onaning o‘rni beqiyos. Bejizga “Onalar — butun bashariyatning tarbiyachilaridir” deb aytilmaydi. Kitobxon onalar kuni munosabati bilan “Kitobxonlik –oiladan boshlanadi” nomli kitobxonlik kuni tumandagi politexnika texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv dargohida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va talaba qizlar ishtirok etdilar. Tadbirda har bir ona jamiyatga yaxshi farzandni kamolga yetkazishi uchun mas’ul ekanligini his etishi va o‘zining dunyoqarashi, bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishi kerakligi haqida so‘z yuritildi. AKM xodimlari tomonidan O.Primachenkoning “O‘zingga mehr ila”, Z.Axmedovaning “Aqlli xotin bo‘lish qoidalari”, S.Uyanning “Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati”, G.Erolovaning “Hayot bu imkoniyat”, L.Xeyning “Ayol donoligi” kitoblari o‘qish uchun tavsiya qilindi.
Joriy yilning 30 yanvar kuni Zangiota tumani politexnikumida Òzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti, Buyuk Davlat va siyosat arbobi Mustaqilligimiz asoschisi Islom Abduganiyevich Karimov tavalludining 87 yilligi munosabati bilan "Bizning birinchi prezidentimiz" nomli davra suhbati bòlib òtdi.Unda kutubxonachilar tomonidan I.A.Karimov hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi slaydlar namoyish etildi. Davra suhbati savol javoblar bilan otkazildi.
Joriy yilning 28- yanvar kuni Zangiota tuman politexnikumi o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" Respublika korik- tanlovining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakunida: "Yashil soldatlar" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlovdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish va ona tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usini shakillantirishda munim ahamiyatni kasb etishdir
Insholar tanlovi
✍️ Joriy yilning 28- yanvar kuni Zangiota tuman politexnikumida Milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, qadriyatlaarimizga bo‘lgan muxabbat tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida "Jadidlar milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari" mavzusida "Eng yaxshi insholar" tanlovi o‘tkazildi.
Zangiota tuman Politexnikumida
Ajdodlarimizni turmush tarzi, mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish,targ‘ib etish va milliyligimizni unutmaslik maqsadida 7-fevral kuni Zangiota tuman Politexnikumida “Milliy qadryatlar-millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida lavhalar.
Joriy yilning 04.03 kuni Zangiota tuman politexnikumida Milliylik kuni bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Milliylik – bu xalqning o‘ziga xosligi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarining ifodasidir. Har bir millat o‘zining tilini, madaniyatini, urf-odatlarini asrab-avaylash va keyingi avlodlarga yetkazish orqali o‘z milliyligini saqlab qoladi.
🇺🇿Milliylikni nishonlash – bu o‘z ildizlariga hurmat bajo keltirish, millat ravnaqi uchun xizmat qilish va an’analarni kelajak avlodga yetkazish demakdir.
Zangiota tuman poliexnikumi
✍️Joriy yilning 23-04-2025 yil kuni Zangiota tuman poliexnikumida o‘quvchi- yoshlar orasida "Kibersport" musobaqasi o‘tkazildi. Usnbu musobaqani o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarda kompyuter savodxonligini rivojlantirish va ziyraklik darajasini oshirish hamda jamoatchilik asosida ishlar olib borish mumkunligini rivojlantirish.
Zangiota tuman poliexnikumi
Joriy yilning 29- aprel kuni Zangiota tumani politexnikumida "O‘quvchilar kino kunlari" doirasida taniqli kino arboblari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar hamda Maqsud Snayxzodaning "Ikki xalq dilbandi" namiyish etib berildi. Kinofilmda ilgari surilgan g‘oya orqali o‘quvchilarda Vatanda sadoqat, o‘zaro oqibat, yuksak maʼnaviyat, o‘zaro mexr oqibatni qalblarida yuksaltirishga erishishdir
Zangiota tuman poliexnikumi
Joriy yilning 2- may kuni Zangiota tumani politexnikumi o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Amir Temur"," Planetariy" hamda " Politexnikum " muzeylariga tashrif buyurdilar